NUTRIZONE

Kreatin

112 ta mahsulot

Kreatin haqida

Kreatin — dunyodagi eng ko'p o'rganilgan va samaradorligi isbotlangan sport qo'shimchasi. U mushaklardagi fosfokreatin zaxirasini oshirib, qisqa va kuchli harakatlar (shtanga, sprint, sakrash) uchun energiyani tez tiklaydi.

Batafsil

Natija: ko'proq takrorlash, kuch va mushak hajmining o'sishi, mashg'ulotlar orasida tezroq tiklanish. Tadqiqotlar kreatinning miya faoliyati uchun foydasini ham o'rganmoqda.

Qanday ichiladi: kuniga 3–5 g, har kuni (dam olish kunlari ham) — vaqti unchalik muhim emas. «Zagruzka» (5–7 kun kuniga 20 g) natijani tezlashtiradi, lekin shart emas. Yetarlicha suv iching.

Turlari: monogidrat (eng ko'p isbotlangan, maqbul narx), HCl (yaxshi eriydi, kichik doza), Kre-Alkalyn (buferlangan shakl).

Boshqa kategoriyalar