NUTRIZONE

Geynerlar

Geynerlar haqida

Geynerlar — uglevod va protein aralashmasi bo'lib, kunlik kaloriya miqdorini oshirish va vazn (massa) yig'ishga yordam beradi. Bir porsiyada 400–1200 kkal, 25–60 g protein bo'lishi mumkin.

Batafsil

Ular asosan tabiatan ozg'in, tez metabolizmli («ektomorf») odamlar va ovqat bilan yetarli kaloriya olishga ulgurmaydiganlar uchun. Geyner mashg'ulotdan keyin yoki ovqatlar orasida ichiladi.

Turlari: mass gainer (yuqori kaloriyali, uglevod ko'p) va lean gainer (protein ulushi yuqori, «toza» massa uchun). Tanlashda protein-uglevod nisbati, shakar miqdori va porsiya hajmiga qarang. Ortiqcha vazn yig'ishga moyil bo'lsangiz, oddiy protein va ratsion yetarli.

Boshqa kategoriyalar