NUTRIZONE

Ko'p so'raladigan savollar

O'smirlar uchun sport ozuqasi

Yangilangan: 25-oktabr, 2026

18 yoshgacha asos — ovqat: go'sht, tuxum, sut mahsulotlari, dukkaklilar, uglevod va yetarli kaloriya. O'sayotgan organizmga ko'p energiya kerak.

  • Protein kokteyl — ovqatdan yetmasa, ota-ona bilan kelishib, me'yorida (kuniga 1 porsiya) mumkin; bu oddiy oziq-ovqat oqsili.
  • Kreatin — 18 yoshgacha tavsiya etmaymiz (sportchi bo'lsa — faqat sport shifokori bilan).
  • Pre-workout, yog' yoqiruvchi, energetik, testosteron busterlar — mumkin emas.

Eng katta natija: to'g'ri texnika, muntazam mashg'ulot va 8–10 soat uyqu.

Bu umumiy sport ovqatlanishi maslahati, tibbiy tavsiya emas. Kasalligingiz bo'lsa, homilador bo'lsangiz yoki dori ichsangiz, avval shifokor bilan maslahatlashing.

O'smirlar uchun sport ozuqasi — Maslahatlar markazi | NUTRIZONE